Sanitariya mikrobiologiyasi moduli bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulot
Sanitariya mikrobiologiyasi moduli bo‘yicha ko‘chma mashg‘ulot
Sanepidqo‘mita Chilonzor tumani bo‘limi laboratoriyasida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi Bakteriologiya yo‘nalishi tinglovchilari uchun navbatdagi amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.
Laboratoriya mudiri, o‘qituvchi Zulfizar Xolyorova tinglovchilarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi:
Sanitar mikrobiologiya asoslari
Ichimlik suvi va ochiq suv havzalarini mikrobiologik tekshirish
Tuproq mikroflorasi va tuproqni tekshirish usullari
Spora hosil qiluvchi va galofil vibrionlarni aniqlash
Oziq-ovqat mahsulotlarini mikrobiologik tekshirish asoslari.
Tinglovchilar laboratoriya sharoitida amaliy bilimlarini mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar.